Kontent qismiga oʻtish

Camilo José Cela

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Camilo José Cela
Tavalludi 11-may 1916[1][2]
Vafoti 17-yanvar 2002[1][2]
Ijod qilgan tillari Ispan tili[1]
Fuqaroligi Ispaniya
Camilo Xose Sela
Tavalludi 11-may 1916[1][2]
Madrid, Ispaniya
Vafoti 17-yanvar 2002[1][2]
Iria Flavia, Galicia, Ispaniya
Fuqaroligi Ispaniya
Kasbi
  • Yozuvchi
  • qisqa hikoyalar muallifi
  • insho muallifi
Otasi Camilo Crisanto Cela y Fernández
Onasi Camila Emanuela Trulock y Bertorini

SELA (Sela) Kamilo Xose (1916.11.5, Lakorunya viloyati, Padron shaharchasi) – ispan yozuvchisi, akademik (1957). Madridda va Angliyada huquq ilmini oʻrgangan. Jami 70 ga yaqin kitob yozgan. Romanlari va hikoyalarining bosh mavzusi – hozirgi jamiyatdagi odamning nochorligi, fojiaviy ahvoli. Eng yaxshi romanlari – „Pasqual Duartening oilasi“ (1942) va „Asalari uyasi“ (1951)da hayotning nochorligi, tutruqsizligi mavzui tilga olinib, Ispaniyaning Franko davridagi hayoti misolida yoritilgan. „Alkorriyaga sayohat“ (1948), „Bekor vaqtlar gʻiddiragi“ (1957) ocherklar toʻplamlarida xalq hayoti, unda oʻz oʻrnini topa olmagan inson fojiasi hujjatdatillar asosida xolislik bilan tasvirlangan. „Tormeslik Lasariloning yangi sarguzashtlari va musibatlari“ (1944) asari bilan makr-hiyla maz-munidagi roman janrini qayta tiril-tirishga uringan. Haddan tashqari mubolagʻaga boy hikoyalari „Ispaniya hikoyalari. Koʻrlar va tentaklar“ (1957) toʻplamida jamlangan. P.Pikasso bilan birgalikda „Sevgisiz latifalar toʻplami“ (1962)ni nashr etilgan. „1936-yil Madridda avliyo Kamilo kuni arafasi, bayrami va bayramdan keyingi hafta“ (1969) romanida ispaniyadagi fuqarolar urushi (1936— 1939) qurbonlariga chuqur hamdardlik aks etgan. Nobel mukofoti laureati (1989)[3][4].